O‘rta maxsus ta’lim olgandan keyin muayyan mutaxassislik bo‘yicha biron oliy o‘quv yurtiga kirishga intilish istiqbolli yoshlarga xos. Ularning aksariyati o‘z bilimini yana yuqori pog‘onalarda sinovdan o‘tkazishga qaror qilishadi. Muvaffaqiyat qozonsa o‘z ishi va o‘qishidan mamnun bo‘ladi. Omad va baxtning siri tinimsiz izlanishda ekanini bilishadi. Ta’lim muassasamizga aksariyat yoshlarni chorlashimiz, o‘qish shart – sharoitlari bilan tanishtirish va qiziqtirishimiz ularning kelgusi hayotini o‘ylash va mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qilishini nazarda tutishdi.
2021-yil 25-fevral kuni TIQXMMI ma’ruzalar zalida “Inter house”akademik litsey bitiruvchi sinflar o‘quvchilari uchun Institutda “Ochiq eshiklar kuni” tanishtiruv tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti dekani R. Xakimov, “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri B. Sultonov, “Menejment” kafedrasi mudiri Li Marina, “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi mudiri A. Axmedov hamda fakultet professor-o‘qituvchilari litsey o‘quvchilari bilan ochiq muloqot olib borishdi.
“Inter house”akademik litsey o‘quvchilariga Institut fakultetlari, ta’lim yo‘nalishlari, institut hayoti bilan yaqindan tanishtirildi. Tadbir davomida litsey o‘quvchilariga institutning Axborot resurs markazi, o‘quv laboratoriyalari, madaniyat saroyi hamda talabalar oshxonasi faoliyati tanishtirildi.
“SXTE va B” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiev axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati