Respublika Olimpiadasini oʻtkazish kafedraning dolzarb va masʼuliyatli masalalaridan ekanligini va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” vazifalarini bajarishda bu masalaga keng eʼtibor berilayotganligini inobatga olib, “Pedagogika, psixologiya va oʻqitish metodikasi” kafedrasi 2019 yil 23 mart kuni boʻlib oʻtgan “Pedagogika” fani bo'yicha 1-bosqich olimpiada natijalarini maʼlum qildi. 1-bosqich olimpiadasida institutning Kasb taʼlimi (Suv xoʻjaligi va melioratsiya; Yer tuzish va yer kadastri, Qishloq va suv xoʻjaligini elektrlashtirish, Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish) bakalavriat yoʻnalishlaridan 12 nafar talabalari ishtirok etishdi. Respublika Olimpiadasini yuqori saviyada “Nizom” talablari asosida oʻtkazish talab darajasida amalga oshirildi. “Pedagogika” fanidan olimpiada 1-bosqich natijalariga asosan Kasb taʼlimi (Suv xoʻjaligi va melioratsiya) bakalavriat taʼlim yoʻnalishi 2-kurs 18-guruh talabasi Imomaliyeva SohibaOlimjon qizi 348 ball natija bilan birinchi, Kasb taʼlimi (Qishloq va suv xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish) bakalavriat yoʻnalishi 3 kurs 4-guruh talabasi Axmedov Maʼmur 326 ball natija bilan 2-oʻrinni, Kasb taʼlimi (Yer tuzish va yer kadastri) bakalavriat yoʻnalishi 3 kurs 10-guruh talabasi Safarova Dildora 314 ball bilan 3-oʻrinni egalladi.
Kafedra mudiri Z.Ismialova