Institutda amalga oshirilayotgan “Xorijiy universitetlardagi innovatsion yechimlarni joriy etish orqali qishloq xo‘jaligida muhandis kadrlarni tayyorlash dasturlarini takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etiladigan ingliz tili kurslarida dars mashg‘ulotlarini olib borish uchun e’lon qilingan tanlovda 4 ta nodavlat ta’lim muassasalari va 1 ta xorijiy korxona MChJ o‘z takliflari bilan ishtirok etdilar. Loyihaga konsultantlarni tanlash va jalb qilish guruhi tomonidan tushgan takliflar atroflicha o‘rganilib professor-o‘qituvchilarga ingliz tili kurslarini tashkil qilish va dars mashg‘ulotlarini olib borishda hamkorlik qilish uchun «Easy Talk» nodavlat ta’lim muassasasi tanlab olindi. «Easy Talk» NTM bilan hamkorlikda tashkil qilinadigan kurslarni 29 apreldan boshlash rejalashtirilgan.
Loyiha texnik koordinatori M.Amonov axboroti