O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-2909-son qarori belgilangan vazifalarni bajarishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2019 yil 5-apreldagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalari Respublika fan olimpiadasini tashkil qilish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 314-sonli buyrug‘iga asosan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universtitetida 2019 yil 13-14 may kunlari “Gidravlika” fani bo‘yicha Respublika talabalar fan olimpiadasining 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in va baxs munozaralarga boy tarzda o‘tgan gidravlika bilimdonlari bellashuvida institutimizning “Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi III bosqich 304-guruh talabasi Jalolov Fazliddin Erkin o‘g‘li o‘zining fan sohasidagi bilimlari boshqa ishtiroqchilarga nisbatan yuqoriligini isbotlab faxrli I o‘rin sohibi bo‘ldi va institutimizda Gidravlika fanini o‘qitishning salohiyati naqadar yuqori ekanligini yana bir karra isbotladi.
Institut matbuoti kotibi Rahimboy Jumaniyozov