Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Oqqurg‘on ko‘chasi 34-uyda joylashgan Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida 2020/2021 o‘quv yilini yakunlash va “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini ko‘tarinki ruxda o‘tkazish maqsadida ertalab soat 07:30da tadbirni o‘tkazishga biriktirilgan mas’ullar institutning Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori Xasanov Baxtiyor Urishovich va institut huzuridagi tarmoq markazi direktori Bekmirzaev G‘ulom Tashpulatovichlar yetib borishib maktab rahbari va jamoa a’zolari hamda Mirzo Ulug‘bek tumani Yoshlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha xokim o‘rinbosari bilan uchrashdilar.
Uchrashuv davomida ma’lum bo‘ldiki, bu yil maktabni 114 nafar o‘g’il-qizlar bitirayotgani va ulardan 18 nafar bitiruvchilar hozirda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinganligi hamda bir nafari 3 ta chet el oliy talim muassalari grant asosida o‘qish uchun taklifnoma olganligi ma’lum bo‘ldi. Maktab jamoasini bu erishgan muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, tadbirni ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etish bo‘yicha maslaxatlashib olindi. Tadbir soat 8:30 davlatimiz gimni sadolari bilan boshlandi. Tadbirni prezident administratsiyasi vakili Abdurashid Juraboev ochib berdi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning bitiruvchilarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
Tadbir oxirida muvaffaqiyatga erishgan bitiruvchi o‘quvchilarning ota-onalari faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdilar. Tadbir so‘ngida mas’ullar tomonidan bitiruvchi yoshlarni 2021-2022 o‘quv yili uchun institutga bo‘ladigan qabul jarayoniga targ‘ibot ishlari olib borildi va bitiruvchilar hamda maktab jamoasi bilan esdalik rasmlarga tushdilar.
TIQXMMI matbuot xizmati