Joriy yilning 25-may kuni Qarshi shahar 4-sonli umumta’lim maktabida “Mening maktabim – mening uyim” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda TIQXMMI Qarshi filiali direktori Z.Muqimov, Chaqar MFY raisi, mahalla inspektorlari ishtirok etishdi. Tadbir ishtirokchilariga Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida Xalq ta’limi tizimida ham katta islohotlar davri boshlanganligi, so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan 5 ta muhim tashabbus asosida yoshlarni qiziqishlari va iste’dodini namoyish etish, jismoniy chiniqtirish, kompyuter savodxonligini oshirish, ularni ma’naviyatini yuksaltirish va ish bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Tadbir doirasida 2020-2021 o‘quv yilida fan olimpiadalari, ko‘rik tanlov va sport musobaqalarida ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallagan hamda namunali xulq va a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan iqtidorli bitiruvchilar rag‘batlantirildi. Shuningdek, 11-sinf bitiruvchilari, ularning ota-onalari va pedagoglar o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirishdilar.
Matbuot xizmati rahbari Farrux Najimov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati