“Yer resurslarini boshqarish” fakulteti 312-guruh talabalari guruh murabbiyi Sh. R. Ismonov boshchiligida 22-sentyabr yakshanba kuni Mamalakatimizning ko‘hna va ulug‘ shaharlaridan biri bo‘lmish Samarqand shahriga sayohat uyushtirishdi. Sayohat Islom dunyosining eng ulug‘ hadisshunos olimi bo‘lgan Imom Al-Buxoriy maqbarasini ziyorat qilishdan boshlandi. U yerda talabalar o‘zlari uchun qiziq bo‘lagan ma’lumotlarni olishdi. So‘ngra buyuk Amir Temur bobomizning maqbaralarini ziyorat qilindi. Shu bilan birga mashhur Registon maydoni, Bibixonim madrasalariga ham tashrif buyurildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimovning maqbaralarini ziyorat qilishni oldimizga asosiy maqsad qilib olganimiz va ushbu maqsadimizga erishganimizni alohida e’tirof etishimiz lozim. Islom Karimov bobomizning haqlariga Qur’on tilovatlar va duolar qilganimiz talabalarning ruhiyatiga o‘zgacha ko‘tarinkilik va xursandchilik olib keldi. Shunday ko‘tarinki kayfiyatda sayohatni Hazrati Hizr va Shohi Zinda ziyoratgohlarini ziyorat qilish bilan davom ettirdik. Sayohat so‘ngida esa Buyuk matematik va astronom olim Mirzo Ulug‘bek bobomizning rasadxonalarini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rish va tanishish bilan yakunladik. Talabalar sayohatdan o‘zlariga ajoyib taassurotlar olgan holda poytaxtga qaytishdi. O‘ylaymanki, ushbu qilingan sayohat talabalar xotirasida doimo saqlanib qoladi.
“Davlat kadastrlari” kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi Shukurilloxon Ismonov axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov