Joriy yilning 24- sentyabr kuni Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti xotin- qizlar kengashi raisi Ra'no Kodirova "Qizlar tarbiyasi - Millat tarbiyasi " mavzusida ma'naviy -ma'rifiy, badiiy tadbir o'tkazdi. Tadbirda fakultet talaba qizlari va ayol professor- o'qituvchilari qatnashdilar. Tadbir mehmoni O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, Xalq maorifi a'lochisi," Shuhrat " medali, "Mehnat Shuhrati" ordeni sohibasi, shoira Umida Abduazimova ishtirok etdilar.
Ra'no Kodirova Qizlar tarbiyasiga qadim qadimdan ota- bobolarimiz eng muhim masala deb qaraganlar. Sharmu hayo niqobidagi chehra qutida saqlangan qimmatbaho gavharga o'xshaydi deydi donolarimiz. Qiz bola baxti uchun husn- chiroydan tashqari, aql- idrok , hayo - iffat, did - farosat, uquv , odob ham mujassam bo'lmog' zarur. Qiz bola oilani bayrog'i ekanini gapirib so'zni tadbir mehmoni shoira Umida Abduazimovaga berdi, shoiramiz qizlarimizga hayotiy misollar bilan qizlarga pand nasihatlar berdilar va o'z ijodlaridan o'qib berdilar. Talaba qizlarimiz ham shoiramiz ijodidan she'rlar o'qidilar, shoiramizni qo'shiqqa aylangan she'rlariga raqsga tushdilar. Tadbir qizg'in savol javoblar bilan juda mazmunli, foydali o'tdi.
TIQXMMI matbuot xizmati