Suv resurslarini boshqarishdagi hamkorlik

   Joriy yilning 23-noyabr kuni “Barqaror rivojlanish boʼyicha innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar Klasteri”ga Shvetsariya davlatining ADED-Barqaror rivojlanish assotsiatsiyasining rahbari hamda asoschisi Jan-Mark Varidel hamda “Schoolwater” loyihasining koordinatori Marton Benche Krasznai Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Innovatsiya Klasteri bilan hamkorlikni amalga oshirish maqsadida institutga tashrif buyurdilar. Uchrashuvda TIQXMMI xalqaro ishlar boʼyicha prorektori professor А.Saloxiddinov, Markaziy Osiyo Mintaqaviy Ekologik markazining Oʼzbekistondagi direktori Sh.Umarova, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xalqaro Orolboʼyi innovatsiya markazining melioratsiya va suv xoʼjaligi boʼlimi mutaxassisi I.Аsanov hamda innovatsiya klasteri menejeri M.Reymovlar ishtirok etdilar. Uchrashuvning asosiy maqsadi COVID-19 pandemiya sharoitida Orolboʼyi mintaqasi aholisini suv tejamkor texnologiyalari yordamida toza ichimlik suvi bilan taʼminlash boʼyicha qoʼshma loyihalarni amalga oshirish hamda suv bilan bogʼliq muammolar toʼgʼrisida jamoatchilikni xabardor qilishdan iborat.

Uchrashuv davomida mehmonlarga TIQXMMI hamda Innovatsiya Klasteri toʼgʼrisida maʼlumotlar, erishilgan yutuqlar va xorijiy hamkor tashkilotlar bilan olib borilayotgan halqaro loyihalar toʼgʼrisida maʼlumotlar berildi. Uchrashuv soʼngida tomonlar kelgusida hamkorlikda qoʼshma loyixalarni birgalikda amalga oshirish hamda joriy qilish boʼyicha kelishib oldilar.

 

TIQXMMI matbuot xizmati