Sport musobaqalarisiz hayotimizni tasavvur etolmaganimizdek, “Yoshlar haftaligi” ham turli xil sport oʻyinlariga boy boʻldi. 18-noyabr yakshanba kuni boʻlishiga qaramay, institutimiz sport kompleksi talabalar bilan gavjum boʻldi. Barcha fakultetlar talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan “QUVNOQ ESTAFЕTA” quyidagicha koʻrsatkichlarni taqdimetdi:
3- oʻrin “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti jamoasiga, 2- oʻrin “Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” fakulteti jamoasiga nasib etgan boʻlsa, birinchi oʻringa “Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash” fakulteti jamoasi musharraf boʻlishdi.
Gʻoliblar haftalik tadbir natijalariga qarab institut rahbariyati va Yoshlar ittifoqi hamda institut kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov