"Yoshlar tarbiyasida kitobning o'rni va Mohi Ramazon oyining mohiyati" Intellektual yoshlarni shakllanishida kitobning yanada ahamyatini oshirish, ularni kitob uqishga qiziqtirish va shu orqali mustaqil fikr mulohaza qilish, jahon ilm-fani va madaniyati yutuqlaridan bahramand etish muommosini topishda pirezidentimiz Sh. Mirziyoyevning 2017-yil 12-yanvardagi ''Kitob mahsulotarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaassi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish buyichab komissiya tuzush to'g'risida''gi farmoyishlari o'ta dolzarb va ijtimoiy -iqtisodiy ahamiyati jihatidan tarixiy voqea bo'ldi, deb hisoblaymiz . Chunki kitobga bo'lgan xalq kitob mutolaasi doim insonlarni ezgulikka yetaklaydi. 3 - Talabalar turar joyida talaba - yoshlar o'rtasida '' Yoshlar tarbiyasida kitobning o'rni va Mohi Ramazon oyining mohiyati '' mavzusida o'tkazilgan tadbirda ham aynan kitob mutolaasi haqida so'z bordi.
O'z ma'ruzasi bilan ishtirok etgan Toshkent shaxar Uchtepa tumani Abu Talha Jomiy masjidi imom hatibi Amrulloh Parmonov talaba - yoshlarga kitob mutolaasi bilan bir qatorda Mohi Ramazon oyining mohiyati haqida ham ma'ruza qildi. Bu oyda musulmonlarning hayru-saxovati, mehr-muruvvati har qachongidan ko'ra jo'shib himmatlari yuksalib, shijoatlari to'lqinlanib ketadi. Shuning uchun Ramazonda mo'min-musulmonlar orasidagi mehr-oqibat, ahillik, birodarlik, bag'rikenglik tuyg'ulari mustahkamlanadi . Bu oyda kurrayi zaminga butun borliqdan rahmat nurlari mag'firat nurlari yog'iladi. Tadbir yakunida barcha talabalarga badiiy ilmiy hamda tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan 60dan ortiq kitoblar sovg'a qilishdi.
Shu bilan qatorda barcha talaba yoshlarga tarbiyachi pedagok A. Hayitova tomonidan iftorlik dasturxoni tashkil qilindi. Qizlarimiz havas bilan pishirgan 15xildan ortiq taomlar va shirinliklar talabalarga ulashildi. 2021-yil 24-aprel kuni 3 - Talabalar turar joyida Uchtepa tumani imomi Abu Talha Jomiy masjidi imom hatibi Amirulloh Parmonov Mohi Ramazon oyida rejalashtirilgan bu tadbir ko'tarinki tuhda o'tkazildi. Barcha talaba-yoshlar bunaqa tadbirlarni davomliy va shu kabi ma'ruzalar oyiga bir marta o'tilishlarini taklif qildilar.
Axborot beruvchi 3 TTJ tarbiyachi pedagoki A.Hayitova
TIQXMMI matbuot xizmati