Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutining QSXET fakulteti “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi qoshida “Avtomatikaning texnik vositalari va raqamli avtomatika” fani bo‘yicha Respublika fan olimpiadasining Institut 1-bosqichi o‘tkazildi. Olimpiadada “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari faol ishtirok etishdi.
Nizomda belgilangan tartib asosida o‘tkazilgan olimpiadada, talabalarning eng bilimdonlari aniqlab olindi. Respublika fan olimpiadasining Institut 1-bosqich natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin TJICHAB yo’nalishi 304-guruh talabasi To’rayev To’rabek Karimjon o’g’li
2-o‘rin TJICHAB yo’nalishi 305-guruh talabasi Komiljonov Bekzod Oybek o’g’li
3-o‘rin TJICHAB yo’nalishi 305-guruh talabasi Rahmatov Sardor Sunnatilla o’g’li
“Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” fani bo‘yicha olimpiadasida yuqori o‘rinni egallagan talabalarni QSXET fakulteti dekani A.J. Isakov va TJICHAB yo’nalishi kafedrasi mudiri R.T. Gaziyeva faxriy darajali diplomlar bilan taqdirladilar.
TJICHAB kafedrasi axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati