2019-2020 o‘quv yili uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga taklif etadi!

TOSHKENT IRRIGATSIYA BA QISHLOQ XO’JALIGINI MEHANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI

2019-2020 o‘quv yili uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga taklif etadi!

Hurmatli xalqaro magistratura abiturientlari!

Sizlarni mamlakatimizning qishloq va suv xo‘jaligi, yer va suv resurslaridan samarali foydalanishni boshqarish sohalari uchun yuqori malakali raqobatbardosh, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash maqsadida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti xalqaro magistraturasiga o‘qishga taklif etadi. Kirish sinovlari ingliz tilida mutaxassislik fani va chet tili bo‘yicha o‘tkaziladi. O‘quv jarayoni kredit tizimi asosida tashkil etilgan.

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi xujjatlar talab etiladi:

- oliy ma’lumot to‘g‘risidagi xujjatning asl nusxasi hamda unga ilova;

- 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosur’at;

- 086-U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;

- pasport nusxasi;

- xalqaro tan olingan chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL bo‘yicha kamida 72 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR bo‘yicha kamida B2) yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi haqidagi B2 yoki S1 darajasidagi sertifikat), agar mavjud bo‘lsa.

Xujjatlar 2019 yil 10 avgustgacha qabul qilinadi.