Yurtboshimiz tomonidan ilgari surgan, beshta muhim tashabbus doirasida “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Q.Sharipov tomonidan “Respublika talaba-yoshlar festivali” tantanali ravishda ochib berildi. Bayramona konsert dasturidan keyin sport musobaqalariga start berildi. Mini-futbol bo‘yicha Respublikamizdan 5 nafar (Toshkent, Farg‘ona, Qashkadaryo, Nukus) terma jamoalari o‘rtasida murosasiz bellashuv bo‘lib o‘tdi. Musobaqa aylanma shaklda o‘tkazildi. G‘olib jamoalar quyidagicha aniqlandi.
1-o‘rin 10 ochko to‘plab gollar hisobida TIQXMMI terma jamoasi
2-o‘rin 10 ochko to‘plab Qarshi MII terma jamoasi
3-o‘rin 6 ochko to‘plab Farg‘ona DU terma jamoasi
Yoshlar festivali yakuniy qismi bayramona ko‘tarinki ruhda Turkiston san’at saroyida bo‘lib o‘tdi. Har soha g‘olib jamoalarni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan munosib taqdirladilar. Festival jarayonini ommaviy axborot vositalaridan Yoshlar telekanali, O‘zbekiston-24 hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritilib borildi.
“Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi mudiri M.Norqobilov axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov