Joriy yilning 24 yanvar kuni "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti talabalari joylashgan 1-talabalar turar joyida eng namunali xona tanlovi o‘tkazildi. Unda Yoshlar bilan ishlash buyicha prorektor R.Choriyev, fakultet dekanlari, dekan muovinlari, va yoshlar ittifoqi faollari ishtirok etishdi. Ular talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar hamda "Eng namunali xona" sifatida tanlangan 8 ta xonada yashovchi talabalar bilan uchrashishdi. Ularga tashakkurnoma va kitob taqdim etildi. Shuningdek, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor R.Choriyev TTJ da tashkil etilgan talabalar kengashi faollar bilan uchrashib, ularga TTJ da tartib intizomni va sanitar-gigienik holatini saqlash hamda o‘z-o‘zini boshqarish tizimini tashkillashtirish bo‘yicha tavsiyalarni berib o‘tdi.
"Yer resurslarini boshqarish" fakultetining yoshlar bilan ishlash buyicha dekan muovini X.Eshova axboroti
Institut matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov