Mohir sarkarda va siyosatchi, islohotchi, savdo-sotiq, hunarmandchilik ilm-fan va madaniyat homiysi bo‘lgan Amur Temurning tarixda o‘z o‘rni bor. “Yer resurslarini boshqarish” fakultetining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova tashabbusi bilan bugun 3 kurs 2 - guruh talabalari Temuriylar tarixi muzeyiga borishdi. Sayohat mobaynida Temuriylarga tegishli tarixiy ma’lumotlarni muzey xodimlari tomonidan qo‘yidagicha tariflashdi. Mohir sarkarda va siyosatchi, islohotchi, savdo-sotiq, hunarmandchilik ilm-fan va madaniyat homiysi bo‘lgan Amir Temur Movarounnahr siyosiy kurash maydonida, Amir Temurning Amir Husayn va Temurning Samarqandni egallashi, Mo‘g‘ullarning chekinishi, Husayn va Temurning Samarqandni egallashi hamda ular o‘rtasida nizoning kuchayishi kabi bir qator bobomiz tarixiga oid ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, talabalar bobomiz Amir Temur tarixiy muzeyiga tashrif chog‘ida qadimiy pul muomala vazifasini o‘tagan kumush tangalar, qurol-aslahalar, sopol idishlar va tarixiy qo‘l yozmalarni kuzatish va ular haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
“Dunyoni zabt etgan millatimiz faxri, buyuk zot Vatanimiz kechmishi, buguni sohibqiron Amir Temur hayot yo‘llari” mavzusida o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Ular o‘z nutqida Amir Temur markazlashgan davlatga asos solib, uning kuch-qudratini har tomonlama mustahkamlab va rivojlantirib, shon-shuhratini butun jahonga yoyganini ta’kidlashdi. Buyuk saltanatning hukmdori sifatida millatlar va xalqlarni birlashtirdi. Uning davrida, ilm-fan, me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa, she’riyat yuqori cho‘qqilarga ko‘tarildi. Bir so‘z bilan aytganda Temuriylar davrida asos solindi. Talabalar sayohat mobaynida Amur Temurning haykali oldida ham jam bo‘lishdi. Sayohatdan talabalar katta taassurotlar bilan qaytishdi.
YЕRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati