Inson hayotiga qutqu soladigan chegara bilmas illatlardan biri shubhasizki, bu giyohvandlikdir. Unga mubtalo bo‘lgan ne-ne oilalarning farzandlari mahalla oldida ota - onasining yuzini shuvit qilgani ham fakt. Shunday ekan, unga qarshi kurashish murosasiz tarzda bo‘lishi kerak. Bu jamiyatning sog‘lomligi bilan bog‘liqligini unutmaslik kerak. Aqlan, ruhan va jismonan sog‘lom avlodgina yul-yurtga sadoqat bilan xizmat qila oladi.
Joriy yilning 26-fevral kuni “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti xotin-qizlar kengashi raisi R. T. Qodirova tomonidan "Giyohvandlik asr vabosi undan yoshlarimizni asraylik” mavzusida ma’naviy - ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi huzuridagi Tergov departamenti giyohvandlik va uyushgan guruhlar bilan jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi ӯta muhim ishlar bo'yicha tergovchisi mayor G‘olibkulov Obidjon Orolovich ishtirok etdilar.
Obidjon G‘olibqulov bu illatning hayot kushandasi ekanini aytib unga girfitor bo‘lganlarning oqibati xunuk va oxirati kuyuk bo‘lishini e’tirof eta turib o‘zi bilan birga olib kelgan hujjatli filmlarni ham namoyish qildi. Talaba va professor o‘qituvchilar uni ayricha e’tibor bilan tinglab ketma-ket savollar berishdi. Ichki xizmat xodimi ularga batafsil va asosli javoblarni qaytardi. Tadbir kutilgandan ham ziyoda mazmunli va maroqli tarzda kechdi.
TIQXMMI matbuot xizmati