O‘zaro hamkorlik doirasida Belarus davlat agrar texnika universiteti vakilining institutga tashrifi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan Belarus davlat agrar texnika universiteti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi doirasida institutga mazkur universitetning kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti direktori Nikolay Stepanovich Yakovchik tashrif buyurdi. Tashrif doirasida N.S.Yakovchik va institut rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. So‘ngra N.S.Yakovchik Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti hamda “Qishloq xo‘jaligi mashinalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlari, o‘quv jarayoni va moddiy-texnika bazasi bilan tanishdi.

“Qishloq xo‘jaligi mashinalari” kafedrasida fakultet professor-o‘qituvchilari hamda talaba yoshlariga seminar tashkil etildi. Seminarda N.S.Yakovchik yig‘ilganlarga Belarus davlat agrar texnika universiteti hamda kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hamda universitetda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. TIQXMMI professor-o‘qituvchilari bilan aloqalarni yanada mustahkamlash bo‘yicha fikr almashdi va kelgusidagi amaliy hamkorlik masalalari muhokama etildi.

 

                                                         “Qishloq xo‘jaligi mashinalari”kafedrasi mudiri            K.D.Astanaqulov

TIQXMMI matbuot xizmati