COVID – 19 virusining Britancha shtammi  to‘g‘risida

Bugun "Yer resurslarini boshqarish" fakultetining “Yerdan foydalanish” kafedrasi katta o‘qituvchisi Z.Hafizova hamda shu kafedraning katta o‘qituvchisi A.Muqimov tashabbusi bilan fakultet anjumanlar zalida bugungi kunning eng muhim mavzusi COVID – 19 virusining Britancha shtammi  to‘g‘risida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarga ma’lumot berish maqsadida tadbir tashkil etildi.

Unda Toshkent shahar Reproduktiv salomatlik markazining oliy toifali shifokori M.Azimova o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Tadbirda genetik shaklini o‘zgartirilgan, juda tez, tarqaluvchi, ayniqsa yoshlarga ko‘proq yuquvchi  COVID – 19 virusining Britancha shtammi paydo bo‘ldi. Bu tur tarqalishini oldini olish uchun nimalar qilish kerak. yangi shtamm tarqalishini oldini olishning yagona va tug‘ri yo‘li bu zararlangan bemorni alohida (izolyatsiya) va ular bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarni ham alohida nazoratda olish zarur. To‘g‘ri, O‘zbekistonda ayni paytda epidemiologik barqaror vaziyat hukmronlik qilmoqda. Ammo bu koronavirus infeksiyasi tarqalish xavfi butunlay tugadi, degani emas. Yuqorida aytilganidek, «COVID-19»ning B.1.1.7 shakli — «britancha» shtammini yengishning yagona yo‘li karantin qoidalariga amal qilishdir.

 Ayni paytda mamlakatimizda karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatilmoqda. Agar aholimiz mana shu yumshatilgan tartibga to‘liq rioya qilmasa, uning oqibatlari qat’iy choralar ko‘rilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, barchasi o‘zimizga bog‘liq. Muhimi, «COVID-19»ga qarshi vaksina yangi shtammda ham foyda berishi aniqlangan. Shu bois, ommaviy emlash bizning yurtimizda boshlanishiga qadar har bir fuqaro o‘z salomatligiga o‘zi mas’ul bo‘lib, tibbiy niqobdan muntazam foydalansa, karantin qoidalariga rioya qilsa, shubhasiz, biz dunyoning qator davlatlarida davom etayotgan bugungi epidemiologik noxush vaziyatdan saqlanib qolamiz, deydi mutaxassis. Hozirgi kunda ko‘cha-ko‘yda, transport, bozor va do‘konlarda fuqarolarimizning o‘ta xotirjamligi, karantin talab-qoidalarini pisand qilmayotgani, oddiy himoya vositalaridan foydalanmasligining guvohi bo‘lyapmiz. Shu bois barchamiz karantin qoidalariga jiddiy qarashimiz, o‘zimizni, oilamizni asrashimiz lozim.

YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati