Prezident rahbarligida olib borilayotgan islohotlarning yana bir yo‘nalishi, Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbusi qabul qilinib, institutimizda ikkinchi tashabbus doirasidagi, yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan topshiriqlarini ta’minlash maqsadida, “Sport oyligi” doirasi bo‘yicha musobaqalar ketma-ket davom etib kelmoqda. Fakultetlararo talaba-yoshlari hamda sirtqi ta’lim talabalari o‘rtasida 15-20 may kunlari Voleybol bo‘yicha jami: 8 ta terma jamoalar bellashuvi ko‘tarinki ruhda, sermazmun va samarali o‘tkazildi.
Yakuniy natijaga ko‘ra: I-o‘rinni GM fakulteti terma jamoasi egalladi, II-o‘rin YeRB fakulteti terma jamoasiga nasib etdi, faxrli III-o‘rinni esa GIM fakulteti terma jamoasi qo‘lga kiritishdi. May oyining uchinchi haftaligi Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi beshta muhim tashabbusi asosida “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” shiori ostida institutimizda, fakultetlararo talaba-qizlari o‘rtasida 21-24 may kunlari Voleybol bo‘yicha o‘zaro bellashuvi ko‘tarinki ruhda, sermazmun va samarali o‘tkazildi.
Yakuniy natijaga ko‘ra: I-o‘rinni GTS fakulteti terma jamoasi, II-o‘rinni SXBTE fakulteti terma jamoasi, faxrli III-o‘rinni GM fakulteti hamda QXM fakulteti terma jamoalari egalladi. May oyining to‘rtinchi haftaligida ham yaxshi natijalar kutilishi aniq.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov