“Hamjihat bo‘laylik yangi O‘zbekistonni birga quraylik”

2021 - yil 22 - oktabrda "Gidravlika va gidroinformatika"  kafedrasi ayol professor-o‘qituvchilari tomonidan 4-TTJda qizlar bilan “Hamjihat bo‘laylik! Yangi O‘zbekistonni birga quraylik!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.  Davra suhbatida dotsent T.Apakxujaeva  qizlarga bahamjihat ishlashni, o‘qishni va O‘zbekistonni kelajakda har jabhada yuqori cho‘qqilarga olib chiqishda o‘z hissalarini qo‘shishlari lozim ekanligi, ayollarni jamiyatda o‘z o‘rnilarini topib, o‘zlari qiziqqan sohani rivojlantirishlari, kelajaklarini o‘z qo‘llari bilan yaratishlari kerakligi borasida gapirib o‘tdi.

Ushbu suhbatda O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati markazi suv kadastri va meteorologik o‘lchovlar boshqarmasi davlat suv kadastri bo‘limi boshlig‘i G. Xamdamova suv xo‘jaligida olib borilayotgan islohotlar, bu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan olima ayollar haqida ma’lumot berib, qizlarga doimo faqat olg‘a intilishlari kerakligi, sohaning хohlagan  jabhalarida faoliyat ko‘rsatib, o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishlari, yangi O‘zbekistonni boshqa yoshlar qatorida birdamlikda turib birgalikda qurishlari lozimligi haqida gapirib o‘tdi. Ushbu suhbatdan qizlar yuqori  motivatsiyaga ega bo‘lib, ko‘tarinki ruhda bilim olishni davom ettirishlari va kelajakda yetuk mutaxassis va faol olima  bo‘lib yetishishlarini aytdilar.

TIQXMMI matbuot xizmati