Xalqimizga xos xislatlar haqida so‘z ketganda, muruvvat va mehr-oqibat, saxovatpeshalik alohida tilga olinadi. Chindan ham, bu kabi insoniy fazilatlar yurtdoshlarimizning kundalik ishlari, niyatlari, sa’y-harakatlari bilan uyg‘unlashib ketgan. Joriy yilning 27-aprel kuni TIQXMMI Qarshi filiali Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi O‘.To‘xtayev boshchiligida mohi Ramazon oyida xayrli va saxovatli ishlar amalga oshirildi. TIQXMMI Qarshi filiali Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi O‘.To‘xtayev, iqtidorli va faol talabalar hamda Ekologiya va atrof muhit muhofazasi ta’lim yo‘nalishi 1-kurs 127-guruh talabalari bilan hamkorlikda Qarshi shahridagi “Oqtepa”MFYda istiqomat qilayotgan 4 nafar ehtiyojmand va muhtoj oilalar holidan xabar olib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasini tarqatildi. Bemorlar holidan xabar olindi, muhtojlarga ko‘maklashildi, yolg‘iz, boquvchisini yo‘qotganlarga sovg‘a-salomlar ulashildi.
Binobarin, inson va uning manfaatlari ustuvor sanalgan mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona siyosat zamirida ham aholi turmushini yanada farovon etish, nuroniylarni e’zozlash, voyaga yetayotgan yosh avlodni qadrlashdek ulug‘vor maqsadlar mujassam. Bu tashabbus bugun talabalarimizni yanada jipslashtirmoqda. Eng muhimi, bu tashabbus insonparvarlik nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.
Ekologiya va atrof muhit muhofazasi ta’lim yo‘nalishi 1-kurs 127-guruh rahbari Ilhom G‘aniyev axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati