Joriy yilning 27-may kuni Yer resurslarini boshqarish fakultetiga qarashli 1 – TTJda 1 – kurs talaba yoshlari bilan institut psixolgi M.K. Muxamedova “Baxtli bo'lish siri” mavzuida tadbir o'tkazdi. Tadbirda fakultet yoshlar bilan ishlash dekan o'rinbosari H Eshova ham ishtirok etdi. Tadbir boshida ishtirokchilarga mavzuga oid rivoyat aytildi va muhokama qilindi. Keyingi mashg'ulot “Mening baxtli kunim” deb nomlanib, bunda ishtirokchilar o'zlarining baxtli o'tkazgan kunlari haqida bayon yozishlari ko'rsatmasi berildi va muhokama qilindi. Keyingi mashg'ulotda ishtirokchilarga “Yutuqlar kalendari”ni tuzish va o'z hayotlari davomida erishgan yutuqlari ro'yxatini tuzish va yutuqlarga erishgan mahallaridagi ijobiy emotsional tuyg'ulari haqida o'rtoqlashish ko'rsatmasi berildi.
Treningda psixologik jumboqlarga yechim topilib, savol – javoblar o'yini o'tkazildi. Barcha ishtirokchilar tadbirda faol qatnashishdi. Tadbir ishtirokchilariga institut psixologi M.K. Muxamedova “Baxt manzili” haqida tushuncha berib, baxt bu insonning ichki dunyosida ekanini, uni tashqaridan emas, balki ichki olamimizdan izlash o'rinliligi haqida so'z yuritdi. “Baxt sizning kimligingiz yoki sizda nima borligi emas. Baxt - bu sizning o'y - xayollaringizdan hosil bo'lgan hissiyotdir. Baxt tomon yo'l yo'q. Baxtning o'zi bir yo'ldir”, degan so'zlar bilan trening o'z poyoniga yetdi..
Institut psixologi Muhayyo Muxamedova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati