Joriy yilning 25 oktyabr kuni talabalar turar joyida Yoshlar bilan ishlash prorektori Ruzimurod Choriev talaba qizlar bilan davra suhbati o‘tkazdi. Yashash, turish va kiyinish qoidalari va gigiena talablariga amal qilish, xullas tartib - intizom haqida gapirib o‘tdilar. Shuningdek, talabalarning muammolari ham sinchiklab o‘rganildi. Savollarga javoblar berildi. TTJ rahbari Buxorov.I Gim, QSXET talabalari faol qatnashishdi.
Tarbiyachi pedagog, psixolog Dilorom Sagdullaeva axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov