XXI asr texnika texnologiya asri deb bejiz aytishmaydi. Yildan-yilga zamonaviy, dasturiy taʼminotli texnikalar rivojlanib bormoqda. Bu esa har bir sohaning rivojiga yuqori natijalarni beradi. Soʻngi yillarda yuqori aniqlikdagi nivelirlarning yangi turi – elektron raqamli nevilerlar ishlab chiqildi. Bu esa shu soha mutaxassislari uchun koʻplab qulayliklar olib kelmoqda. Geodeziya va geoinformatika kafedrasi katta oʻqituvchisi Inamov Aziz Nizamovich “Zamonaviy raqamli nivelirlar” mavzusida Yer resurslarini boshqarish fakulteti talabalariga Ochiq maʼruza oʻtdi. Oʻqituvchi talabalarga mavzuni Anaʼnaviy nivelerlar va xamonaviy nivelerlarning farqlari, qulaylik va imkoniyatlarini tushintirish bilan boshladi:
Anʼanaviy nivelirlardan raqamli nivelirlar elektronika bilan jihozlanganligi va maxsus ish dasturlari bilan taʼminlanganligi farq qiladi. Bu esa dala oʻlchash ishlarini va natijalarini ishlab chiqish jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beradi, jumladan:
- shtrix – kodli nivelir reykasi boʻyicha sanoq olishini avtomatik ravishda bajarishi;
- oʻlchash natijalariga koʻrish trubasi vizir oʻqining silindrik adilak oʻqiga parallel emasligi hamda yer egriligi va refraksiya holatlari uchun tuzatmalarni avtomatik ravishda kiritish;
- nivelir bilan reyka orasidagi masofa 100 m gacha boʻlganda gorizontal qoʻyilishni 25 mm gacha aniqlikda avtomatik oʻlchashi;
- oʻlchash natijalarini avtomatik ravishda ichki yoki tashqi yodlash moduliga yozish;
- nivelirlash yelkalarini tengligi va nisbiy balandlik oʻlchash natijasini avtomatik tekshirib borish;
- nuqtalar balandligini tabloga chiqarish;
- oʻlchangan maʼlumotlarni yozib saqlash uchun xotira kartasidan foydalanish;
- asbobni boshqarish jarayoni qulayligi, shuningdek undan foydalanishni oʻzlashtirib olish osonligi.
Talabalar dars davomida anaʼnaviy nivelerlar va xamonaviy nivelerlarning farqlari, qulaylik va imkoniyatlarini bilib olishdi, keyindi darslarda esa oʻzlari amaliyotda qoʻllay boshlaydilar.
Oʻquv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti