2021-yil 27-yanvar kuni B-oʼquv binosi, “Turon bank” Аktsiyadorlik tijorat banki oʼquv xonasida “Suv xoʼjaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti professor-oʼqituvchilari, tayanch doktorantlari va iqtidorli talabalari uchun “Turon bank” aktsionerlik tijorat bankining “Pul muomalasi va chakana xizmat koʼrsatish” boʼlimi boshligʼi Rahimjon Maxmudov tomonidan taqdimot oʼtkazildi. Maʼruza davomida bank tizimida yaratilayotgan yangi innovatsion mahsulotlari va ularni joriy etish masalalariga toʼxtalindi. Maʼruza qizgʼin savol-javoblar ostida oʼtdi.
TIQXMMI matbuot xizmati