Institumizning “Yer resurslarini boshqarish” fakultetining 170 nafar bitiruvchilari mustaqil hayotga qadam qo‘ymoqdalar. Shuni aytish joizki, zamonaviy bilimlarni egallash bu el-yurt xizmatida kamarbasta bo‘lish demakdir. Olingan bilim xalq xo‘jaligining muayyan jabhalarida amaliyotga aylangan, uning natijasi, samarasi o‘zgacha bo‘ladi. Yurtboshimizning birdan-bir ishonchi va umidi ham shu.
Joriy yilning 28 iyun kuni “Yer resurslarini boshqarish” fakultetining yana bir guruh bitiruvchi-yoshlariga, bakalavr darajali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.Unda institutning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Mirzayev Bahodir Suyunovich, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Shavozov Qodirjon Ochilovich va fakultet dekanlari ota-onalar va bitiruvchi-yoshlar ishtirok etishdi. Institutning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Mirzayev Bahodir Suyunovich bitiruvchi-talabalarni tabriklab, tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Shundan sung fakultet dekani Narbayev Sharofiddin Kengeshovich talabalarni tabriklab, institut rektorining diplom berish to‘g‘risidagi buyrug‘ini o‘qib eshittirdi va talabalarga diplom taqdim etildi. 170 nafar bitiruvchi-talabalardan 17 nafari imtiyozli imtiyozli diplomga ega bo‘lishdi. O‘zining iqtidori tashabbuskorligi bilan ajralib turadigan bitiruvchilarni ota-onalariga ham institut rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar taqdim etildi. Tadbirga so‘zga chiqqan ota-onalar institutda farzandiga ta’lim bergan barcha ustozlariga tashakkurnomalar aytishdi. Darxaqiqat, bitiruvchilarga nazar solar ekanmiz, har biridan o‘ziga xos ishonch uyg‘oq qalb, urib turgan yurakni his etyapmiz deb bemalol aytolamiz. O‘ylaymizki, ustozlaridan olgan bilimlarni kelgusi mustaqil hayotida barcha bitiruvchilarimiz dasturulamal qilishadi. So‘ng talabalarga oq yo‘l va kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilashdi.
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov