O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojatnomasi 2020 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqida bildirgan fikrlari ayni kunlarda qizg‘in o‘rganilmoqda. Joriy yilning 28 yanvar kuni Yer resurslarini boshqarish fakulteti 1-talabalar turar joyida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova, “Yerdan foydalanish” kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Sharipov, “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi mudiri R.Oymatov va kafedrada faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar talaba-yoshlarga Prezident murojaati bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib bordi.
Ular talabalarga 2020 yilga “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom berilgani hamda Murojaatnomadagi: “Ilm yo‘q joyda to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi, ilm, bu – bizga havodek zarur, eng katta boylik – aql-zakovat, eng katta qashshoqlik bu – bilimsizlikdir”, degan purma’no o‘gitlarni barchamiz anglamog‘imiz darkor. Zero, yangicha qarash, yangi g‘oya va yangi rejalargina davlatning istiqboliga, Vatan ravnaqi va xalqimiz farovonligiga daxldor harakatlarni, amaliy natijalarni belgilab berishi haqida aniq ma’lumot berib o‘tdi. Darxaqiqat, rejalar, harakat va faoliyat bo‘lmasa, istiqbolli rejalarni amalga oshirish mushkul. Xususan, Murojaatnomada ta’kidlab o‘tilgan alohida muhim 17 ta jihat, qabul qilinishi va qayta ishlab chiqilishi nazarda tutilayotgan 16 ta qonun, shuningdek, kodekslar, konsepsiyalar, dasturlar hamda strategiyalar – bularning barchasi ona Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligiga xizmat qiladi. Albatta, bu jarayon biz yoshlardan ulkan mas’uliyatni, tashabbuskorlikni, daxldorlikni talab etadi. Davra suhbati juda qiziqarli va savol-javobga boy bo‘lib o‘tdi. Mazkur davra suhbatidan talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
Institut matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov