TIQXMMI va Volgograd Davlat Universiteti o‘rtasidagi hamkorlik

2020 yil 29 yanvar kuni “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakultetining TJIChAB, ETvaEJF, ETvaQTEM kafedralari professor o‘qituvchilari, shuningdek, QXM kafedrasi mudiri K.Astanakulovlar ishtirokida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu videokonferensiya “Qishloq xo‘jaligidagi yerlardan foydalanishni optimallashtirish va Rossiya Federatsiyasining agrosanoat majmuasining eksport salohiyatini konvergent texnologiyalar asosida optimallashtirish” xalqaro forumi doirasida “Muhandis kadrlarni tayyorlash va yaratish bo‘yicha qo‘shma o‘quv dasturlarini amalga oshirish” mavzusida o‘tkazildi.

Volgograd Davlat Universiteti tomonidan Xalqaro aloqalar bo‘limi boshligi G.N.Grishina boshchiligida “Muxandislik-texnologik ” fakulteti dekani t.f.d., dos. I.A. Nesmiyanov, “Elektroenergetika” fakulteti dekani t.f.n., dos. V.V.Karpunin, “Ekolog-meliorativ” fakulteti dekani q.x.f.n., dos.O.A.Kulagina va kafedralar a’zolari qatnashdilar.

Suhbat davomida o‘quv, ilmiy yo‘nalishdagi, ikki tomonlama o‘qituvchilar stajirovkasi, malaka oshirish, shuningdek talabalar, magistrlar, doktorantlar almashuv dasturlari to‘g‘risida kelishuv masalalari ko‘rildi. Institut tomonidan professorlar K.Astanakulov, A.Radjabov, R.Gazieva, dotsentlar A.Usmanov, A.Berdishev, Sh.Ubaydullaeva va boshqalar o‘zlarining takliflarini berishdi. Ko‘rilgan masalalar bo‘yicha tomonlar roziligi asosida ikki tomonlama yul xaritasini tayyorlash masalasida kelishib olindi.

“Qishloq va suv xo‘jaligini energiya ta’minoti" fakulteti TJIChAB kafedrasi mudiri R.Gazieva axboroti

Institut matbuot xizmati R.Jumaniyozov