Talabalar turar joyidagi tadbir

Murojaatnoma xalq xo‘jaligining barcha jabhalariga daxldor bo‘lgan muammolarni yechish uchun qanday yo‘l tutish zarurligi yuzasidan qimmatli ko‘rsatma hamdir. Unda xalq farovonligi va Vatanning rivoji uchun nimalarga ko‘proq e’tibor qilish zarurligi ro‘yi rost ifoda etilgan. Ilm - ma’rifat va raqamli iqtisodiyotsiz jamiyatning taraqqiyotini tasavvur etib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham Prezidentimiz yilni “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” deb bejiz nomlashni taklif etmadilar.

Shu munosabat bilan GIM fakulteti “Gumanitar fanlar” kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan 2 TTJda yashovchi talabalar bilan davra suhbati o‘tkazildi. Professor o‘qituvchilar talabalarga bugungi tashlayotgan qadamlari ertaga ularning kim bo‘lib chiqishlari va kelajakdagi hayotlariga bog‘liqligini uqtirishdi. Ustoz shogirdlik an’anasi ustozlarning faqat ta’lim berishi bilangina emas, balki shogirdlarning kamoloti borasida qayg‘urish hamdir. Bunday uchrashuvlar talaba va ustozlar orasidagi mehr-oqibatni mustahkamlashga, ayni paytda ularda yurt qismatiga daxldorlik tuyg‘usining oshishiga ham xizmat qiladi.

“Gumanitar fanlar” kafedrasi assistenti B.Muqimov axboroti

Institut matbuot xizmati R.Jumaniyozov