2021 yil 29 aprel kuni “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim” vazirligi tizimi tassarufidagi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda “Perspective team” xususiy korxonasi bilan hamkorlikda iqtidorli yosh olimlarning ilmiy-innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida e’lon qilingan yosh olimlarning amaliy va innovatsion loyihalari tanlovi natijalariga ko‘ra moliyalashtirilgan “Ilmiy maqolalarning milliy iqtibos indeksini va ilmiy nashrlarning bibliografik ma’lumotlar bazasini o‘z ichiga olgan elektron platforma yaratish” innovatsion loyihasi doirasida onlayn seminar-trening tashkil qilindi.
Onlayn seminar-treningda Ilmiy bo‘lim boshlig‘i B.Matyakubov, “Irrigatsiya va melioratsiya” ilmiy-texnik jurnal dizayneri M.Toshxanova, yetakchi muxandis O. Abdisamatovlar qatnashdi. Onlayn seminar-treningda respublikamizda mavjud ilmiy jurnallarni o‘z ichiga qamrab olishi rejalashtirilgan elektron platforma konsepsiyasi va texnik shartlari ishlab chiqilishi hamda mazkur elektron platformani yaratish va joriy etish amalga oshirish to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Shu bilan bir qatorda loyiha doirasida, ehtiyojdan kelib chiqqan holda, ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalarining mavjud ilmiy jurnallarining veb-saytini xalqaro talablarni inobatga olgan holda yaratib berish bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi.
TIQXMMI Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va
ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo'limi axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati