Sertifikatlar topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 fevraldagi 87-03-622-sonli xati hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2018 yil 24 dekabrdagi 170-sonli yig‘ilishi bayoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining III-bo‘lim, 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 9-11 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi “Intellektual mulk Agentligi” qoshidagi o‘quv markazi bilan “Intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi” mavzusida 18 soatlik o‘quv kursi tashkil etildi. Mazkur shartnoma asosida 2019 yil 29 may kuni soat 14.00 da institutning 1-ma’ruzalar zalida o‘quv kursida qatnashgan professor-o‘qituvchilarni O‘zbekiston Respublikasi Intellektual Mulk Agentligi tomonidan taqdim etilgan SERTIFIKAT bilan taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i M.Sarimsaqov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov