Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi PQ-4801-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Institutning bir gurux professor-oʼqituvchilari jumladan: Raxmatov N.R, Muratov А.R., Sharipov Z.Sh., Matyakubov B.Sh., Ibraymov А., Ikramov N.M., Аbdisamatov O.S., Otaxonov M. hamda “Suv xoʼjaligi vazirligi” vakilllari, ISMITI xodimlari Jizzax va Sirdaryo viloyatlariga 2021 yil 27-29 avgust kunlari tashrif buyurdilar hamda quyidagi ishlar amalga oshirildi:
1. 2020 - 2021 yillarda amalga oshirilgan irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari bilan yaqindan tanishildi.
2. Irrigatsiya va melioratsiya obʼektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish jarayonida kuzatilgan kamchiliklar aniqlandi hamda ularni kelgusida bartaraf qilish kelishib olindi.
3. 2022 yilda amalga oshiriladigan irrigatsiya va melioratsiya obʼektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish, tiklash hamda kuzatuv ishlariga ilmiy tomondan xulosa berish boʼyicha mahalliy ekspluatatsiya tashkiloti mutaxassislari (texnik va texnologlar), loyiha tashkiloti mutaxassislari hamda “Sirdaryosuvqurilishinvest” DM va “Jizzaxsuvqurilishinvest” DM rahbarlari bilan tajriba almashilindi.
“Sirdaryosuvqurilishinvest” DM va “Jizzaxsuvqurilishinvest” DM rahbariyati 2020-2021 yillarda amalga oshirilgan ishlar boʼyicha qisqacha hisobot berishdi. Shu bilan bir qatorda hozirgi kunda ularni qiynayotgan masalalarga ham toʼxtalib oʼtishdi.
1.Irrigatsiya va melioratsiya ishlarini bajarishda ekskovator 1 soatda bajaradigan ishiga ajratilgan mablagʼ boʼyicha aniq metodik koʼrsatma yoʼqligi.
2. Kanal va zovur tarmoqlarida injenerlik ishlarini amalga oshirishda muxofaza zonalari mavjud emasligi boʼlsa, yana bir tomondan injenerlik ishlarni amalga oshirishda kanal atrofiga ekilgan daraxtlarning ildiz tizimi katta muammolar tugʼdirishini taʼkidlab oʼtishdi. Bu boʼyicha vazirlik xodimlari yordam berishi kerakligi taʼkidlab oʼtildi. Umuman olganda kelgusida irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish, tiklash hamda kuzatuv ishlarini sifatli olib borish va ilmiy xulosa berishda asosiy tamoyillar yuzasidan Institut professor-oʼqituvchilari tomonidan bajariladigan ishlar koʼlami yana bir bor kelishib olindi.
TIQXMMI matbuot xizmati