TIQXMMIda “Akademiklar uchun Ingliz tili” kursi

  Turli fanlar bo‘yicha dars beruvchi professor- o‘qituvchilarimizni joriy yilning dekabr oyida institutimizning Kasbiy Rivojlantirish Markazida tashkil etilayotgan “Akademiklar uchun Ingliz tili” (EFA-English for Academics) kursiga taklif qilamiz. Ushbu kurs A2 va B1 darajalariga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarga auditoriya va onlayn mashg‘ulotlari bo‘yicha o‘quv dasturini o‘z ichiga oladi. Qatnashuvchilarning onlayn topshiriqlari english.edu.uz o‘quv platformasida tashkil qilinib, Britaniya Kengashi koordinatorlari tomonidan baholab boriladi. Kursni muvaffaqiyatli tugatgan nomzodlar sertifikatlar bilan taqdirlanishadi.Ushbu sertifikat sohiblari institutda o‘z fanlarini ingliz tilida olib borish imkoniyati bilan bir qatorda, Britaniya Kengashi o’quv platformalaridan foydalanish imkoniyatini ham beradi.

O‘tkazilish joyi: Kasbiy Rivojlantirish Markazi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.

Imkoniyatni boy bermang! Kasbiy rivojlanishda birinchi bo‘ling!

O‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tishni unutmang!

Qo‘shimcha ma’lumot: “Ingliz tili” kafedrasi katta o‘qituvchisi

telefon raqami: +99894 637-82-46 Go‘zal Eshchanova