Joriy yining 30 yanvar kuni mamlakatimizning birinchi Prezidentining tug‘ilgan kunlari munosabati bilan institutimizni YeRB, QXM, GTQ fakultetlarining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari H.Eshova, X.Boymatov, A.Azimovlar boshchiligida kafedra mudirlari, profissor-o‘qituvchilari fakultet yoshlar ittifoqi faollari hamda talaba-yoshlari Oqsaroy qarorgohida, sayohat uyushtirishdi. Ular Prezidentimiz haykali poyiga gul qo‘yib, hurmat bajo keltirdi. Birinchi Prezidentimiz faoliyat yuritgan maskanni ziyorat qilish bizga o‘zgacha g‘urur, yorqin taassurot baxsh etdi, – deydi fakultetimiz faol tashabbuskor talaba-yoshlari. – Islom Karimovning xalqimiz, davlatimizning ertangi kuni, yorug‘ kelajagini qurishdek mashaqqatli faoliyati shu go‘shada o‘tgan.
Bu yerda Birinchi Prezidentimizning "O‘zbekiston yoshlari hech kimdan kam emas va hech qachon kam bo‘lmaydi" degan so‘zlari jaranglab turganday, go‘yo. Talaba-yoshlarimiz majmuaning tashkil etilish tarixi, bugungi faoliyati bilan tanishdi. “Yer resurslarini boshqarish” fakultetining professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov muzeyiga sayohat uyushtirildi. Sayohat mobaynida professor-o‘qituvchilarimiz suratlardagi lavhalarni tomosha qilar ekanlar, sur’atlarni xuddi jonlidek tasvirlanganidan ta’sirlandilar va shu bilan birga monumentlarning har bir qismi etibor bilan yasalganligidan xuddi ular bilan yonma-yon turgandek cheksiz xursand bo‘ldilar.
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova axboroti
Institut matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov