Ma’ruzalar natijalari

2021- yil 25-26-may kuni ZOOM platformasi orqali ONLAYN tarzda XX Yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumani, “Sug‘oriladigan Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan samarali foydalanishda raqamli texnologiyalarni joriy etish” 1 - sho‘basida eshitilgan ma’ruzalar natijalari tahlil qilinib, Irrigatsiya va melioratsiya professor o‘qituvchilari tomonidan yuqori va sifatli taqdimotlarni taqdirlash uchun magistrlar hamda talabalar orasidan saralab olindi. Ma’ruzalarning sifati dolzarbligi hamda yaxshi himoyasi asosida va savol - javoblarga aniq muhokama qilinganligi asosida ma’ruzachilarga 1, 2 va 3 chi o‘rinlarga quyidagi ma’ruza qilgan magistrant va talabalar taklif etiladi.

1-o‘rin: Xasanov A. TIQXMMI 3-bosqich talabasi. “Tomorqa bog‘larini sug‘orishda zamonaviy suv tejamkor usullarni qo‘llashning dolzarbligi (Baxmal tumani misolida)”.

2-o‘rin: Karimova M. TIQXMMI magistranti. “Paxta etishtirishda suv tejamkor sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish”.

3-o‘rin: Allayorova D. TIQXMMI magistranti. “G‘o‘zani tomchilatib sug‘orishda namlanish epyurasi hisobi ”.

Institut 1-2-3 o‘rinlarni egallagan yosh olimlar va talabalarga sovg‘a sifatida kitob tarqatildi

 

Irrigatsiya va melioratsiya kafedra assistenti Mardiev SHaxbozjon axboroti

 TIQXMMI matbuot xizmati