Xalqimizga xos mehr-oqibat, saxovatpeshalik singari fazilatlar yorqin namoyon bo‘lmoqda Yurtimizda ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, hayot sifatini yaxshilash tizimini takomillashtirish, ularga ta’lim olish va ishga joylashishda har tomonlama ko‘maklashish choralari ko‘rilmoqda.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti fakulteti” MEM yo‘nalishi 111-112 guruh talaba-yoshlari tomonidan Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 23-sonli “Mehribonlik uy”ga tashrif buyurdilar. Jajji bolajonlarga talaba-yoshlarimiz tomonidan sovg‘alar, kitoblar ulashildi. Mehr-muhabbat, mehr-muruvvat, rahm-shafqat tuyg‘ulari azal-azaldan insonning eng yuksak, eng noyob fazilatlaridan sanalgan. Aytamanki, eng avvalo, odamlar bir-birlariga mehr-shafqatli, muruvvatli bo‘lishsin. Mehr-muruvvat inson qalbini yumshatadi, tozalaydi, ezgu hislarga to‘ldiradi.
Saharda turib oppoq tong otishini, ufqni qonga bo‘yab barkash quyosh chiqishini kuzatganingizda va birovdan yaxshilik, mehr-muruvvat ko‘rganingizda odamning yuragiga shunday ezgu hislar quyilib kiradiki, asti qo‘yaversasiz. Shu hislar insoniyatni bir-biriga yaqinlashtiradi, do‘st-o‘rtoq, qarindosh qiladi, o‘zaro totuvlik bag‘ishlaydi, qovushtiradi, birlashtiradi, birdamlikka undaydi. Zero, Mehr va Muruvvat dunyoni asraydi!
“Qishloq va suv xo‘jiligi
energiya ta’minoti ” fakultetining Yoshlar
bilan ishlash dekan o‘rinbosari O.Habibullaev axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati