Chet tilini mukammal oʻrganishni istagan har bir inson uni oʻzi mustaqil tarzda ham oʻzlashtirsa boʻladi. Xorijiy tilni oʻrganish kishidan qunt, mustahkam iroda va tartibga asoslangan kun rejasi talab etiladi. Oliy taʼlim muassasalari talabalarida esa bu borada ikki omonlama imkoniyat bor. Birinchidan tilni oʻquv yili uchun tayyorlangan dars jadvali asosida tartibda oʻrganadi, ikkinchidan esa mustaqil tayyorlangan ishlarini ustozlaridan tekshirtirib qoʻshimcha maslahatlar olishi mumkin.
Bugun 30 noyabr Ingliz tili kafedrasi katta oʻqituvchisi Azizova Maqsuda “My favourite film. Describing imaginary date with a famous person” mavzusida Ochiq maʼruza oʻtdi. Maʼruzada oʻqituvchi talabalarga mavzu haqida tushinchalar berdi, shundan soʻng har bir talaba qisqacha oʻzi yoqtirgan filmi haqida fikr bildirdi. Uyga vazifa qilib esa oʻzining sevimli film qaxramoni haqida voqea saxnalashtirib, matnini ingliz tili qoidalariga zid boʻlmagan tarza yozish vazifa qilib topshirildi.
Oʻquv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti