Institut rektorining bayram tabrigi

2020 yil 4 mart kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Magistratura bo‘limining talaba qizlariga “8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami hamda Yurtimizga “Bahor - yangilanish va yosharish fasli”ning kirib kelganligi munosabati bilan institutimiz rektori, professor Umurzakov O‘ktam Pardaevichning bayram tabrigi Magistratura bo‘limi boshlig‘i, professor A.Yangiev tomonidan yetkazildi. Bo‘lim boshlig‘i A. Yangiev rektorimiz tabrigini topshirish jarayonida bugungi kunda nafaqat institutimizda, balki Respublika, butun jahon miqyosida bo‘layotgan o‘zgarishlar hamda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

TIQXMMI matbuot xizmati