2019 yil 5 iyul kuni institutimizning “Gidrotexnika qurilishi” fakultetidagi 200 nafarga yaqin bitiruvchilariga Bakalavr darajali diplomlar topshirildi va ularga mustaqil hayotga yo‘llanma berildi. Shuni aytish joizki, zamonaviy bilimlarni egallash bu el-yurt xizmatida kamarbasta bo‘lish demakdir. Olingan bilim xalq xo‘jaligining muayyan jabhalarida amaliyotga aylanganda, uning natijasi va samarasi o‘zgacha bo‘ladi.
Tadbirda institut rektori Umurzakov O‘ktam Pardaevich, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Mirzaev Bahodir Suyunovich, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Shavozov Qodirjon Ochilovich va fakultetlar dekanlari ota-onalar va bitiruvchi-yoshlar ishtirok etishdi. Institut rektori Umurzakov O‘ktam Pardaevich tadbirni ochdi va bitiruvchilarni ularning ota-onalarini tabrikladi.
Shundan so‘ng fakultet dekani Hasanov Baxridin Baratovich bitiruvchilarni tabrikladi va institut rektorining bakalavr diplomini berish to‘g‘risidagi buyrug‘ini o‘qib eshittirdi. Bitiruvchilarga diplomlarni shaxsan O‘.P.Umurzakov topshirdi. O‘zining iqtidori va tashabbuskorligi bilan o‘rnak bo‘lgan bitiruvchilarning ota-onalariga institut rahbariyati tomonidan “Tashakkurnomalar” taqdim etildi. So‘zga chiqqan ota-onalar farzandlariga ta’lim-tarbiya bergan barcha ustozlarga minnatdorchilik bildirdi. Darhaqiqat, bitiruvchilarga nazar solar ekanmiz, har birida o‘ziga xos ishonch berilgani his etdik. O‘ylaymizki, ustozlaridan olgan bilimlarni kelgusi mustaqil hayotda barcha bitiruvchilarimiz amaliyotda qo‘llay oladi.
GTQ fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini A.I.Azimov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov