Joriy yilning 5 noyabr kuni "Gidromelioratsiya" fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari X.To‘ychiyev o‘zining 206-murabbiylik guruhi bilan birgalikda Toshkentning eski mahallasi Sebzorda asrlar bo‘yi qurilib kelgan tarixiy-me’moriy obidalarning to‘liq majmuasidan iborat bo‘lgan Hazrati Imom maydoniga tashrif buyurdilar. Majmua haqida ma’lumot berishlaricha, bu oldin Shosh deb atalgan shahar markazi bo‘lgan. Tarixiy binolar ansambli islomning Toshkentdagi birinchi imomi va targ‘ibotchisi Qaffol ash-Shoshiy mozori atrofida paydo bo‘la boshladi va maydonga "Hazrati Imom " nomi berilgan.
Qaffol ash-Shoshiy maqbarasi yonida Imom al-Buxoriy nomidagi Islom instituti joylashgan. U XIX asrda qurilgan va ganchli milliy naqsh hamda jimjimador yozuv bilan bezatilgan sobiq Namozgoh bayram masjidining binosida joylashgan. Institut 1970 yilda qurilgan va musulmonlar dunyosida obro‘li o‘quv yurtlaridan biri hisoblanadi. Madrasani tugatgan va o‘zlarini Olloh xizmatiga bag‘ishlamoqqa qaror qilgan yoshlar, to‘rt yil mobaynida Islom instituti devorlari ortida ilohiyot, adabiyot, tarix va arab tilidan tahsil oladilar.
Hazrati Imom majmuasiga O‘zbekiston musulmonlari Diniy boshqarmasi binosi ham kiradi. Undan sal narida XIX asrda ko‘hna poydevor ustiga qurilgan va bir necha bor qayta ta’mirlangan Juma-Masjid joylashgan. Unda juma namozlaridan tashqari nikoh marosimlari ham o‘tkaziladi. Uning qarshisida o‘ttiz mingdan ortiq diniy va dunyoviy kitoblarga ega Diniy boshqarma kutubxonasi joylashgan. Ularning orasida Diniy boshqarmaga chet el islom mamlakatlari rahbarlari tomonidan hadya etilgan ikki mingta nodir kitoblar, shu jumladan juda chiroyli rasmlar bilan boy tarzda bezatilgan XVI asr boshlari qo‘lyozmalari, xattotlikning noyob namunalari, Qur’onning boy bezatilgan nashrlari bor. Kutubxonaning alohida xonasida musulmonlar ko‘rishi uchun qo‘yilgan Muqaddas kitob - Usmon Qur’oni alohida qimmatga ega.
Hazrati Imom maydonida bizning zamonamizda Markaziy Osiyo me’morchiligining eng yaxshi an’analaridan foydalanib qurilgan, moviy gumbazlari yarqirab turgan Jome juma masjidi turadi. Masjidga Qorasaroy tarafdan kirishni har biri 56 metrli ikkita minora o‘rab turadi.
Hazrati Imom kompleksi 1000 yillardan ortiq O‘zbekistonda islom madaniyati markazi bo‘lib qolmoqda.
"Gidromelioratsiya" fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari X.To‘ychiyev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov