“Rektor kubogi” sovrini

Muhtaram, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev rahbarligida olib borilayotgan islohotlarning yana bir yo‘nalishi, Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbusining ikkinchi yo‘nalishi, ya’ni yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan. Ana shu topshiriqlarni ta’minlash maqsadida, may oyida “Sport oyligi” doirasi bo‘yicha, Fakultetlararo talaba-yoshlar o‘rtasida mini-futbol, voleybol, stol-tennis, shaxmat-shashka musobaqalarining “Rektor kubogi” sovrini bo‘yicha institut birinchiligi o‘tkazildi.

Musobaqalar murosasiz bellashuvlar asnosida ko‘tarinki ruhda, sermazmun va samarali tarzda bo‘lib o‘tdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib jamoalar Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Q.Shavazov tomonidan tantanali ravishda kubog, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.

“Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi mudiri M.Norqobilov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov