Erta tongdan Institut Yoshlar Ittifoqi faollari har ikkala darvoza yoniga ikki qator bo’lib saf tortishdi. Nega deysizmi? Chunki ertaga 8-dekabr Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 26 yillik bayramini nishonlaymiz. Barchangizni bayram bilan chin dildan tabriklaymiz! Yoshlar ittifoqi faollari tomonidan bayram oldidan maxsus nishonlar tayyorlanib, erta tongdan talabalarga bayram kayfiyati ulashildi.
Ushbu ommaviy tadbirda ishtirok etgan barcha yoshlarga hamda fakultet yoshlar yetakchilariga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Bayram tadbirlari davom etmoqda. Ushbu tadbirning tashkiliy masalalarida amaliy yordam bergan yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor Q. Shavazovga minnatdorchilik bildiramiz!
INSTITUT YOSHLAR ITTIFOQI BOSHLANG’ICH TASHKILOTI AXBOROTI
INSTITUT MATBUOT KOTIBI RAHIMBOY JUMANIYOZOV