Oila muqaddas dargoh. U tinch bo‘lsa, ko‘ngil xotirjam, ishlar barorli. Aksincha bo‘lsa, asablar tarang, yumushlar bebaraka, munosabatlar chigal, kayfiyat esa qora bulutli osmon kabi tund bo‘ladi. Oilaning tinchligi osudaligi, albatta muhutga bog‘liq. Oilamiz tinch bo‘lsa, mahallamiz tinch. Mahallamiz tinch bo‘lsa yurtimiz tinch.
Bugun “Yer resurslarini boshqarish” fakultetining professor-o‘qituvchilari, jumladan, A.Bobojonov, I.Musaev, A.Jumanov fakultet dekani Sh.Narbaev hamda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova tashabbusi bilan “Mustaqillik” mahallasi hamkorlikda “Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik fuqarolar hamjihatligining asosi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Aytib o‘tish joizki, bugungi kunda oliy ta’lim muassasalar qator ijtimoiy hamkor tashkilotlar bilan birgalikda mahallalarga taalluqli dolzarb mavzularda turli xildagi tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Bugungi tadbirda ham so‘zga chiqqan professor-o‘qituvchilar, barcha mahalla faollari bilan suhbatlar olib borishdi. Darhaqiqat, mamlakatimizda mavjud oilalarning aksariyati to‘liq oilalardir. Biz to‘liq oila deganda, ota-ona va farzandlardan iborat oila tushunamiz. Bunday oilalarda oila boshlig‘i yoshi ulug‘ odam hisoblanadi. U oiladagi barcha ishlarni boshqaradi. Nima uchun bunday tadbirlar o‘tkazilmoqda? Maqsad bitta u ham bo‘lsa xalqimizning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga har tamonlama yordam berish. Ularni ham moddiy, ham ma’naviy qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. Mustaqillik mahalla jamg‘armasi raisi hamda mahalla faollari, aholini aniq yo‘naltirilgan asosda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda mahallaning o‘rni xususida to‘xtalar ekan, mahalla va fakultet hamkorligida o‘tkazilayotgan mazkur davra suhbati amaliy ahamiyatini alohida e’tirof etildi. Shuningdek, tadbir so‘ngida mahallalarni obod qilish, oila va mahallalarda ahillik, tinchlik va osayishtalikni ta’minlash, yoshlar tarbiyasi hamda bandligiga e’tibor qaratish kabi masalalarning yechimida partiya va mahalla faollarining o‘zaro hamkorligini mustahkamlash lozimligi haqida kelishib olindi.
YeRB fakultetiningyoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov