Mamlakatimizda navqiron avlodning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirib, ularning ilm-fan sirlarini chuqur egallashiga, kitob bilan do‘st tutinib, ma’naviy sog‘lom voyaga yetishiga katta e’tibor qaratilmoqda.
Barchamizga ma’lum, joriy yilning 19 mart kuni Prezidentimiz Sh.Mirziyoev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida kitob mutolaasiga qiziqishini oshirish masalasi keng muhokama qilingan edi. Yig‘ilishda Prezidentimiz har bir rahbar o‘z shaxsiy kutubxonasidan o‘zi ta’lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilsa, bunday ezgu tashabbus kitobxonlikni rivojlantirishga xizmat qilishi, farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlagan edi.
Prezidentimizning ushbu tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan holda joriy yilning 2 aprel kuni "Gidromelioratsiya" fakulteti dekani A. Fatxulloyev o‘zi tahsil olgan Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi 44-sonli umumta’lim maktabiga kitoblar sovg‘a qildi. Darhaqiqat, kitob — insonning erkin fikrlashi, dunyoqarashining kengayishi, aqlan yetuk bo‘lishi, ma’naviy dunyosining rivojlanishida asosiy o‘rinni egallaydi. Kitob o‘qigan insonning aqli charxlanib, ma’naviyati boyib, yetuklik sari ildamlayveradi.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov