Joriy yilning 7 - aprel Yakshanba kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan ta'lim muassasasi talaba-yoshlarini har tomonlama doim qo'llab-quvvatlab kelayotgan institut rahbariyati homiyligida 50 nafar Yoshlar ittifoqi faol-tashabbuskor talabalari qadimiy, navqiron Samarqand shahriga ziyoratga tashrif buyurishdi.
Ziyorat O'zbekiston Davlat San'at va madaniyat instituti, Yoshlar turizm agentligi, Big 5 Turoperator MCHJ bilan hamkorlikda tashkil etildi. Talabalar Toshkent shahridan erta tongda yo'lga chiqib, Samarqand shahrining barcha qadimiy yodgorliklari, maqbaralari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'lishdi.
Talabalar uchun dasturxon tuzatilib, Samarqand milliy taomlari dasturxonga tortildi. Ziyoratni tashkil etishda yaqindan yordam bergan institut rektoriga, institut Kasaba uyushmasi qo'mitasiga, institut bosh hisobchisiga talaba-yoshlar va ularning ota-onalari nomidan katta minnatdorchilik bildiramiz. Faol bo'ling, safimizga qo'shiling.
Institut yoshlar ittifoqi BT yetakchisi axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov