Sport - salomatlik garovi

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev oldinga surgan beshta muhim tashabbusning ikkinchisi “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib berish” ga muvofiq 2019 yil 07 iyun kuni sportning bir necha turlari bo‘yicha Jahon, Yevropa, Osiyo chempioni Murod Xonto‘raev, sport ustasi Sardorbek Inoyatov, “Tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash Respublika Markazi” Bosh mutaxassisi Miraziz Ne’matov bilan “Sport - salomatlik garovi” mavzusida “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti talabalarining davra suhbati o‘tkazildi. Uchrashuvda fakultet dekani B.B.Hasanov, dekan o‘rinbosarlari A.I.Azimov, S.B.Ro‘ziev, guruh murabbiylari B.Yuldashev, E.Toshmatov ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan mehmonlarga o‘nlab qiziqarli savollar berildi. Mehmonlar sport sohasidagi faoliyatlari to‘g‘risida batafsil so‘zlab berishdi. Suhbat ishtirokchilarda juda katta taassurot qoldirdi.

“GTQ” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.I.Azimov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov