Muzey orqali turli davrlar bilan tanishish, turli kashfiyotlarni bilish tarixga borish yoki tarixni keltirish mumkin. Undah olingan ma’lumot esa katta va keng taassurot beribgina qolmay, balki uzoq vaqt xotiraga muhrlanib ham qoladi.
2018-yil 7-noyabr kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” yo‘nalishi 102-guruh talabalari va guruh murabbiyi “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti Sh.Mardiyev birgalikda Toshkent Politexnika muzeyiga borishdi. Tashrif davomida transport rivojlanishi tarixi, fan va texnika, buyuk olimlar ixtirolari, “Jahon avtomobilsozlik tarixi,” “O‘zbekiston avtomobil sohasi tarixi” va “Interaktiv amaliyot” bo‘limlarida talabalar o‘ziga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni olishdi.
Shu bilan birgalikda General Motors zavodi konveyeridan turli yillarda chiqqan ilk avtomobillarni ko‘rishga musharraf bo‘lishdi.
“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti Mardiyev Shaxboz ma'lumoti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov