Ustozlar tajribasi - yoshlar kelajagi garovidir

Hozirgi kunda yoshlarni ilmiy salohiyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va natijadorligini ta’minlash maqsadida yurtimizda ko‘plab amaliy ishlar qilinmoqda. Ayniqsa, yosh olimlar, o‘z ilmiy faoliyatini endigina boshlayotgan tadqiqotchilarni jahon e’tirof etgan ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan davra suhbatlari, seminar-treninglar ularning dunyoga tanilishlarida, qolaversa o‘zlari faoliyat olib borayotgan OTMning xalqaro tan olinishiga zamin bo‘lib xizmat qilmoqda

Bugun ham institutimizda yoshlarni ilmiy ishlarini to‘g‘ri tashkil etishlari, ilmiy ish natijalari sohaga mos bo‘lgan impakt faktori yuqori bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop ettirishlarida, ko‘p yillardan buyon salohiyati va obro‘si jihatidan oldingi o‘rinlarda turuvchi ma’lumotlar bazalarida o‘z ilmiy maqolalari bilan faol bo‘lib kelayotgan institutimizning Oliy matematika kafedrasi mudiri prof. Xudoyorov Baxtiyor Alimovich ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Shuni aytish kerakki, ustozning mazkur yilda Science Direct xalqaro ma’lumotlar bazasi tarkibidagi jurnallarda 2 ta ilmiy maqolalari chop etildi va bu o‘z navbatida Elsevier kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori A.Ospanova tomonidan ham e’tirof etilib, kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ham yoritildi.

B.A.Xudoyorov o‘zining “SCOPUS, Web of Science ma’lumotlar bazalari ro‘yxatidagi jurnallarda ilmiy maqolalar yozish bo‘yicha” tavsiyalari bilan  tadbirda ishtirok etgan institutimizning yosh olimlari, doktorantlari bilan o‘z tajribasini almashdi.     

     

Tajriba va ko‘nikmalaridan kelib chiqib, Scopus yoki Web of Science ma’lumotlar bazalari tarkibidagi jurnallarni har bir tadqiqotchi o‘z yo‘nalishidan kelib chiqqan holda ustoz keltirib o‘tgan veb sahifa yordamida izlab topishi, aksariyat jurnallar talab qiladigan har bir mayda jihatlarga to‘xtalib o‘tildi. Hozirgi kunda o‘rganib qolganimizdek, ilmiy maqolani ma’lum bir jurnalga berayotganimizda bir xil adabiyotlar ro‘yxatidan foydalanayotganimiz yoki ko‘plab adabiyotlarning ilmiy eskiligi, tavsiya etilayotgan ilmiy ishning jurnal tahririyati tomonidan salbiy baholanishiga olib kelishi, chop etishga tavsiya etilayotgan ilmiy ish natijasi, taqdim etilayotganida taqrizchilarning to‘g‘ri ko‘rsatilishi maqolaning qisqa muddatlarda jurnal sahifasidan o‘rin egallashiga sabab bo‘lishi ta’kidlab o‘tildi.

 

Mazkur tavsiya ko‘rinishida o‘tgan tadbirda, tadbir qatnashchilarida katta qiziqishlar uyg‘ondi va berilgan savollarga ustoz tomonidan tushuntirishlar berildi.

                 Institut Xalqaro reyting faoliyatini monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i         G‘.G‘oziev axboroti