Yetakchi bo'lish kengqamrovli bilim va faoliyatga ega bo'lish demakdir. Qalbida o'ti bor yetakchi tabiatida shijoat va g'ayrat ufurib turadi. Undan o'rinli foydalana olish muhimdir. Saylovdan maqsad ham ularni saralash va tanlashdir.
Ana shu maqsadda 2018 - yil 22 - sentyabr kuni ‘’Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash’’ fakultetiga qarashli V-bino 7-ma’ruzalar zalida fakultet dekani U.Qo’ziyev, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari I. Raximov va institut “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti faoli A. Mutalov hamda fakultetda tahsil olayotgan akademik guruhlar “Yoshlar ittifoqi” yetakchilari va talaba yoshlarning 91 nafari ishtirokida ‘’Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash’’ fakultetining Yoshlar kengashi hisobot-saylovi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda fakultet dekani U.Qo’ziyev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 - yil 5 - iyulda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni va 2017 - yil 18 - iyuldagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori mazmun - mohiyati, shuningdek, o‘tgan o‘quv yilida fakultetda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Yig‘ilishda shuningdek, institut “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti faollari A.Mutalov va D.Akbarovlar fakultet yetakchiligi vazifasini bajarish uchun 3 nafar nomzodlar ro‘yxatini o‘qib eshittirib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi. Shundan so‘ng nomzodlarga ochiq ovoz berishlarini ta’kidlab o‘tdi. Nomzodlar o’z saylov-oldi dasturlari bilan yig’ilganlarni tanishtirib o’tishdi. Saylov natijasiga ko‘ra, fakultetning 3-kurs talabasi Ma’rufjon Baratov fakultet “Yoshlar ittifoqi” yetakchisi etib saylandi.
Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ikrom Raximov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov